Yo'riqnoma · Smart rozetka

Stol chirog'i seans bilan yonadi va o'chadi

Seans ochilganda rozetka yonadi, yopilganda o'chadi — telefon, planshet va kompyuterda bir xil. Ulash uchun Tuya (Smart Life) rozetkasi va bepul Tuya hisobi kerak. Butun jarayon 15 daqiqa.

7 qadam
15 daqiqa
Tuya hisobi bepul
Wi-Fi ichida internetsiz ham ishlaydi

0Nima kerak bo'ladi

ClubTime rozetkani Tuya buluti orqali boshqaradi. Sizning Tuya hisobingiz va kalitlaringiz faqat sizning klubingizga tegishli — boshqa klublar bilan bo'linmaydi.

1Rozetkani Smart Life'ga ulang

  1. Smart Life ilovasini o'rnating va hisob oching.
  2. Rozetkani tokka ulang, chiroq tez-tez miltillaguncha tugmasini 5 soniya bosib turing.
  3. Smart Life'da + → Add Device, 2.4 GHz Wi-Fi'ni tanlang va parolni kiriting.
  4. Har rozetkaga stol nomini bering (masalan «Stol 1») — ilovada tanlash oson bo'ladi.

Telefon 5 GHz tarmoqda bo'lsa ulash o'tmaydi. Routerda 2.4 GHz alohida nom bilan bo'lsa, ulash paytida telefonni o'shanga o'tkazing.

2Tuya dasturchi hisobini oching kompyuterda

iot.tuya.com saytida Sign Up: email va parol, keyin emailni tasdiqlang. Sayt inglizcha — brauzer tarjimasini yoqib olsangiz bo'ladi.

Bu hisob Smart Life hisobidan alohida: Smart Life — rozetkalar uchun, Tuya dasturchi hisobi — bulut loyihasi uchun. Ikkalasi ham kerak.

iot.tuya.com ni ochish

3Cloud loyiha yarating kompyuterda

  1. Cloud → Development → Create Cloud Project.
  2. Industry: Smart Home · Development Method: Smart Home.
  3. Data Center: Central Europe (O'zbekiston va MDH uchun). Smart Life hisobingiz qaysi mintaqada ochilgan bo'lsa, shuni tanlang — mos kelmasa rozetkalar ko'rinmaydi.
  4. API xizmatlari oynasida taklif qilinganlarni qoldiring (IoT Core, Authorization Token Management, Smart Home Basic Service) va Authorize bosing.
Cloud konsolini ochish

4Smart Life hisobini bog'lang kompyuterda

  1. Loyiha ichida Devices → Link App Account → Add App Account — ekranda QR kod chiqadi.
  2. Smart Life ilovasida: Me → yuqori burchakdagi skaner → QR ni skanerlang → Confirm login.
  3. Rozetkalar shu ro'yxatda paydo bo'ladi. Ko'rinmasa — Smart Life hisobi va loyihaning Data Center'i bir mintaqada emas (3-qadam).

5Kalitlarni ilovaga kiriting

  1. Loyihaning Overview sahifasida Access ID va Access Secret turadi. Ikkalasini nusxalang.
  2. ClubTime'da: Sozlamalar → Smart rozetka → Ulash, 5-qadamga o'ting va kalitlarni qo'ying.
  3. Tekshirish va saqlash: server kalitni tekshiradi va mintaqani o'zi topadi. Mintaqa so'ralmaydi.

Kalitlar shifrlangan holda faqat sizning klubingiz uchun saqlanadi. Ilovaning istalgan qurilmasida (telefon, planshet, kompyuter) rozetkalar bir xil ishlaydi — kalitni har qurilmaga alohida kiritish shart emas.

6Rozetkalarni stollarga biriktiring

Sozlamalar → Smart rozetka → Qurilmalar: har rozetka yonida stol tanlanadi. Bir rozetka — bir stol. Ro'yxatdagi yoniq/o'chiq tugmasi bilan rozetkani darhol sinab ko'rish mumkin.

Shundan keyin seans ochilganda stol chirog'i yonadi, yopilganda o'chadi. Rozetka aloqadan chiqsa ilova xabar beradi.

7Bepul reja muddati kompyuterda

Tuya bepul rejasi muddatli. Tugashiga yaqin yoki tugagach: Cloud → My Services → IoT Core → Extend Trial Period. Tasdiq 1–2 ish kuni. Uzaytirish bepul, bir necha marta takrorlash mumkin.

Muddat tugasa ilova Smart rozetka bo'limida ogohlantiradi va xabar yuboradi. Wi-Fi ichida lokal boshqaruv bu paytda ham ishlayveradi.

My Services ni ochish

Bepul reja chegaralari: 10 tagacha boshqariladigan rozetka, oyiga 26 000 so'rov. Oddiy klubga yetadi: bir seans ochib-yopish 2 so'rov.

+Lokal boshqaruv: internetsiz ham

Rozetka va ilova bir Wi-Fi tarmog'ida bo'lsa, ClubTime chiroqni to'g'ridan-to'g'ri yoqadi — bulutsiz, so'rov limitisiz, internet uzilganda ham. Bulut faqat lokal yo'l bo'lmaganda ishlatiladi (masalan mobil internetdan).

standartAvtoRozetka shu Wi-Fi'da ko'rinsa — lokal, aks holda bulut.
Avval lokalMa'lum manzillar bo'yicha har doim avval lokal urinadi. iPhone va e'lon yetib kelmaydigan tarmoqlar uchun.
Faqat bulutLokal yo'l umuman ishlatilmaydi.

Rozetka bir vaqtda faqat bitta lokal ulanishni qabul qiladi. Smart Life ilovasi ochiq turganda u ulanishni band qilishi mumkin — klubda ishlayotganda Smart Life'ni yopib qo'ying.

Rejim Sozlamalar → Smart rozetka → Lokal boshqaruv kartasida o'zgartiriladi. Ostida «Hozir lokalda ko'rinadi: N ta» ko'rinadi.

?Xatolar va yechimi

Ilovadagi holatSababYechim
Kalit noto'g'riAccess ID yoki Secret xato nusxalangan, yoki loyiha o'chirilgan.5-qadam: Overview'dan qayta nusxalang.
API ulanmaganLoyihada kerakli xizmatlar tasdiqlanmagan.3-qadam: loyiha → Service API → Go to Authorize, IoT Core va Smart Home Basic Service.
Bepul reja tugaganIoT Core sinov muddati o'tgan.7-qadam: Extend Trial Period.
Smart Life bog'lanmaganLoyihada App Account yo'q, yoki mintaqa mos emas.4-qadam; mintaqa uchun 3-qadam.
Qurilmalar ro'yxati bo'shRozetkalar boshqa Smart Life hisobida yoki boshqa «uy»da.Smart Life'da o'sha hisob bilan kiring, rozetkalar shu uyda bo'lsin, keyin 4-qadam.
Rozetka oflaynTok yo'q, Wi-Fi uzilgan yoki 5 GHz tarmoq.Smart Life'da ham oflaynmi — ha bo'lsa, rozetkani qayta ulang (1-qadam).
Chiroq yonmadi, xato yo'qRozetka stolga biriktirilmagan.6-qadam: Qurilmalar → stolni tanlang.

Ilovaning Smart rozetka bo'limida Qayta tekshirish tugmasi bor — tuzatishdan keyin uni bosing, holat darhol yangilanadi.